OAV: DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ustidan sud boshlandi
Toshkentda sobiq Bosh prokuror va Davlat xavfsizligi xizmati rahbari Ixtiyor Abdullayev ustidan sud boshlangan. Bu haqda «fergana.agence» xabar bermoqda.
Abdullayevning ishi maxfiy ko‘rinishda bo‘lgani uchun jarayon harbiy sudda bo‘lib o‘tmoqda. Sudlanuvchilar safidan jami 24 kishi o‘rin olgan.
Avvalroq I.Abdullayev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini Bosh prokuratura tasdiqlagandi.
Eslatib o‘tamiz, general Ixtiyor Abdullayev roppa-rosa bir yil (2018-2019-yil) DXXga rahbarlik qildi. Sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgani aytilgan I.Abdullayev uzoq yillar respublika rahbarlik idoralarida, 2015-2018-yillarda esa O‘zbekiston bosh prokurori sifatida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter