Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukus voqealari: 39 nafar sudlanuvchining ochiq sud jarayoni 6-fevral kuni Buxoroda boshlanadi

Nukus voqealari: 39 nafar sudlanuvchining ochiq sud jarayoni 6-fevral kuni Buxoroda boshlanadi

Foto: Xabar.uz

2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan 2023-yil 6-fevral kuni soat 10:00 da Buxoro viloyat sudi binosida 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar A. Mirzambetov, D. Nadirbayev, P. Yesengeldiyev, K. Yeshjanov, M. Pirlepesov, A. Sariyev, N. Bauyetdinov, A. Sharapov, O. Mamutov, R. Dosimbetov, A. Allanazarov, N. Duysenbayev, K. Bekpolatov, R. Baimbetov, Q. Baxiyev, I. Saparov, A. Omirzakov, N. Baylepesov, A. Jumabekov, N. Xabipov, Z. Pirjanov, Z. Tadjimuratov, O. Dosnazarov, T. Ismailov, I. Polatov, Sh. Ashirbekov, D. Ramanov, R. Sultaniyazov, A. Xojanazarov, Ye. Qanaatov, O. Kurbanov, R. Jumabayev, A. Naurizbayev, N. Genjebayev, I. Aitmuratov, A. Yesemuratov, K. Begaliyev, M. Raxmanov, A. Seytmuratov Jinoyat kodeksining 104, 166, 244, 244-1 va 247-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Barcha sudlanuvchilarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Sud jarayoni ochiq tarzda o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishga mo‘ljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring