Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nomusga tegish ishi». IIB tergovchisi jinoyatni yashirganmi?

«Nomusga tegish ishi». IIB tergovchisi jinoyatni yashirganmi?

Foto: «Xabar.uz»

Samarqandda taniqli estrada xonandasi voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkani, biroq IIB uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q, deb topgani-yu masalaga prokuratura aralashgach, ichki ishlar organi tergovchisining «jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarori» bekor qilinganidan xabaringiz bor.

Olib borilgan qo‘shimcha tergov harakatlari natijasida Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi «topolmagan» jinoyat aniqlangan ko‘rinadi. Ya’nikim, holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) alomatlari bilan «ish» qo‘zg‘atildi. Mazkur ma’lumotni «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.

Unga ko‘ra, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Kattaqo‘rg‘on tumani IIBdan Samarqand viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi ish yurituviga o‘tkazilib, nazoratga olingan. Mahkama matbuot xizmati holat insonning shaxsiy hayotiga taalluqligi e’tiboridan «ish» bo‘yicha boshqa tafsilotlarni ochiqlashni lozim topmadi.

Tushunarli.

Ma’lumki, nomusga tegish — o‘ta og‘ir jinoyat hisoblanadi. Voqelik bo‘yicha dastlabki surishtiruv harakatlari o‘tkazgan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB tergovchisining «ish»ni yopib yuborishi, qachonki holat OAVda yoritilib, prokuratura aralashganidan keyin vaziyat 180 gradusga o‘zgarib, jinoyat qo‘zg‘atilgani katta savol tug‘diradi. Tuman IIB tergovchisining jinoyat alomatlari yo‘q, deya xulosa qilgani uning professional mahoratini shubha ostiga qo‘yadimi yoki professional halolliginimi? Gap o‘ta og‘ir jinoyat haqida ketyapti, axir?!

Mazkur og‘riqli savol muallaq qolmasligi kerak.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring