Nojo‘ya harakat sodir etgan sud raisining o‘rinbosari lavozimidan olindi
Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisining o‘rinbosari B.Vaxobov lavozimidan ozod etildi.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sud raisining o‘rinbosari «odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi hamda sudning obro‘sini tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun» sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter