Navoiylik bosqinchi ushlandi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi G‘.K. mast holda «Katta Machit» MFYda yashovchi S.E.ning uyiga bostirib kirib, uni belkurak bilan urib jarohat yetkazib, uyidan 4 400 AQSh dollarini olib, voqea joyidan yashiringan.
Natijada S.E. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida G‘.K. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter