Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda erkakni sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan ayol ushlandi

Navoiyda erkakni sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan ayol ushlandi

34 yoshli Sh.A. (ayol) bilan tanishib, u bilan yaqin munosabatlarda bo‘lib kelgan erkak tovlamachilikka uchraganidan shikoyat qildi.

2023 yil 31 may kuni 40 yoshli Sh.V. (erkak) Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Unda Sh.A. ularning o‘rtasidagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan munosabatlarni oshkor qilmasligi va u bilan birga yozishgan SMS va «Telegram» orqali har xil ma’lumotlarni yaqin qarindoshlari hamda oila a’zolariga tashlab bermasligi evaziga, shu kunga qadar tovlamachilik yo‘li bilan jami 4.500.000 so‘m pullarni olganidan so‘ng yana unga joriy yilning 31 may kuni qo‘ng‘iroq qilib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 1.000.000 so‘m pullarini berishini talab qilib kelayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlik so‘ragan.

Mazkur ariza asosida Navoiy viloyati IIB TQX JQB UJQKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sh.A. Navoiy shahrida joylashgan «Fauna» kafesining orqa tomonida ariza muallifi bilan uchrashib, undan talab qilib kelayotgan, 1.000.000 so‘m pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan ASh.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring