Narimon Grigoryan qotilligida gumondor ushlandi
Toshkentda taniqli dizayner va xoreograf Nariman Grigoryan o‘ldirib ketilgani xabar qilingandi. Toshkent shahar prokuraturasi qotillikda gumondor ushlanganini ma’lum qildi.
«2020-yil 14-yanvar kuni soat taxminan 11:50larda, 1985-yilda tug‘ilgan, «Grigoryan Nariman» XK dizayneri Nariman Alimdjanovning murdasi, vaqtincha yashab kelgan Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasi, 42A-uy, 7-xonadonda qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 14.01.2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida N.Alimdjanovning qotili aniqlanib, ayb e’lon qilindi va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter