Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nafaqa va moddiy yordam olishda qaysi toifalarga ustunlik beriladi?

Nafaqa va moddiy yordam olishda qaysi toifalarga ustunlik beriladi?

Foto:«Xabar.uz»

«Huquqiy axborot» nafaqa va moddiy yordam olishda kimlarga ustunlik berilishi bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. Unga ko‘ra:

- 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa;

- 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa;

- kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam olishda ustunlik huquqi  quyidagi toifalarga beriladi:

- ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar;

- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;

- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);

- nogiron bolasi bo‘lgan oilalar;

- bolani to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar);

- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko‘maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;

- yolg‘iz pensionerlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring