Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy huquqiy internet portali ishga tushdi. U nima o‘zi?

Milliy huquqiy internet portali ishga tushdi. U nima o‘zi?

Foto:«Xabar.uz»

Endi huquqiy ma’lumotlar, qonunchilikdagi eng so‘nggi yangiliklar, muammoli vaziyatlarga oid savollarga javoblar, odamlar uchun eng zarur huquqiy tavsiyalarni  Adliya vazirligi tomonidan ishga tushirilgan Milliy huquqiy internet portalidan olish mumkin.

Mazkur portal Adliya vazirligining 10 dan ortiq axborot tizimlarini, xususan, lex.uz, adliya organlari va muassasalarining rasmiy veb-saytlari, advice.uz, bolahuquqlari.uz portallarini birlashtiradi.

Portalda Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining o‘quv kurslari haqida ham ma’lumotlar berilgan.

Foydalanuvchilar portaldan Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari, advokatlar va notariuslar xizmatlariga oid e’lonlar, tezkor ishonch telefonlari haqida ma’lumot olishlari mumkin. Shuningdek, portalda huquqiy savodxonlikni oshiruvchi yuridik lug‘at va eng zarur huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi ham mavjud.

Ushbu portal Prezidentning 2019-yil 9-yanvardagi farmonida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi doirasida ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring