Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB: sud qaroriga nisbatan protest kiritilgan

MIB: sud qaroriga nisbatan protest kiritilgan

Foto:«O‘zA»

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining (MIB) tezkorligiga gap yo‘q. Kecha oqshom saytimizda e’lon qilingan «Advokat faoliyatiga to‘sqinlik qilgan o‘zboshimcha MIB surishtiruvchi jazolandi» sarlavhali maqolaga bugun tushda munosabat yo‘llashga ulguribdi.

Ommaviy axborot vositalaridagi tanqdiy chiqishlarga nisbatan tezkor munosabat bildirishda MIB boshqa davlat organlariga namuna bo‘lgulik...

Ma’lumki, kechagi maqolada MIBning Ishtixon tuman bo‘limi surishtiruvchisi R. Ahadqulov ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun rahbariyati tomonidan intizomiy javobgarlikka tortilganidan tashqari «VINDIKATSIYA» advokatlik byurosi advokati N.Daminovning kasbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilgani bois sud tomonidan ma’muriy jarima jazosiga mustahiq etilgani qalamga olingandi.

Biz bilan bog‘langan MIB matbuot xizmati mas’uli holatni inkor etgani yo‘q. Faqat qo‘shimcha qildiki, Ishtixon tuman ma’muriy sudining R.Ahadqulovni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan deb topib, eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida jarimaga tortish haqidagi qaroriga nisbatan tuman prokurori protest kiritgan.

Prokuror protesti hali yuqori sudda ko‘rib chiqilgani yo‘q.

Demak, kutamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring