Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Masofadan ishlash: ish tartibi, vaqti va haq to‘lash haqida

Masofadan ishlash: ish tartibi, vaqti va haq to‘lash haqida

Adliya vazirligiga tegishli «Huquqiy axborot» kanali ayni kunlarda muhim ahamiyat kasb etayotgan mavzu - masofadan ishlash masalasi bo‘yicha tushuntirish berib o‘tdi. 

Masofadan ishlash deganda o‘zi nima tushuniladi?

Xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, doimiy ish joyi, hudud yoki ob’yektdan tashqarida bajariladigan ish usuli tushuniladi.

Qanday toifadagi xodimlar vaqtincha masofaviy ishlash tartibiga o‘tishi mumkin?

Birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar. Ulardan keyin, boshqa xodimlar masofaviy ishlash tartibiga o‘tishi mumkin.

Masofaviy ishlash uchun alohida buyruq chiqarilishi shartmi?

Albatta, xodimni masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazishda ish beruvchi tomonidan vaqtinchalik ishga o‘tkazish haqida muddati ko‘rsatilgan buyruq chiqariladi.

Masofaviy ishga o‘tayotganda mehnat shartlari qanday belgilanadi?

Masofaviy ishga o‘tkazilganda ish beruvchi va xodim o‘rtasida ilgari tuzilgan mehnat shartnomasiga tegishli o‘zgartirish kiritiladi. Mehnat shartnomasida masofaviy ishlash davridagi mehnat shartlari kelishib olinadi.

Ish vaqtining davomiyligi va tartibi qanday belgilanadi?

Bunday holda, xodim ishlab chiqarish topshirig‘ining hajmi va mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda ish vaqti va davomiyligini mustaqil belgilaydi.

Xodim masofadan ishlasa, unga haq to‘lash masalasi qanday bo‘ladi?

Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

Xodimning masovafiy ishda ishlagani uning ta’tilga chiqishiga ta’sir qiladimi?

Yo‘q ta’sir etmaydi. Bunday holda xodim ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tiliga chiqish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarini to‘liq saqlab qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring