Mansabdorlar olti oyda davlatga 668,2 mlrd. so‘m zarar keltirdi — Bosh prokuratura
2022-yilning 6 oyi davomida Respublika bo‘yicha jami 1 429 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1 785 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Bosh prokuratura bu bo‘yicha infografika e’lon qildi.
Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 13 nafari respublika, 195 nafari viloyat va 1 577 nafari tuman - shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 668,2 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 599,1 mlrd. so‘mi undirilgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1 210 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon - toroj qilish, 158 nafari mansab mavqeini suiiste’mol qilish, 129 nafari firibgarlik, 74 nafari poraxo‘rlik, 22 nafari mansab soxtakorligi, 15 nafari mansabga sovuqqonlik qarash, 7 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 170 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter