Maktabga ajratilgan 160 mln. so‘m talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Qo‘shrabot tuman Xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalar tanlov komissiyasi yig‘ilishini o‘tkazmasdan, tumandagi «Q.N.Q» MChJning taklifi ma’qullanganligi haqida soxta ma’lumotlar tuzib, hamda tumandagi 45, 56 va 61-sonli maktablarida haqiqatda bajarilmagan ta’mirlash ishlarini bajarilganligi haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirishib, 160 mln. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘shrabot tuman Xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter