Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kredit qarzdorlik evaziga dalahovli xatlandi

Kredit qarzdorlik evaziga dalahovli xatlandi

Yaxshi niyat bilan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bankdan kredit olish yaxshi albatta. Biroq, ushbu kreditni maqsadli sarflash va kerakli vaqtda to‘lovlarni to‘lash intizomiga ham rioya qilishni unutmaslik lozim. Aks holda mulkdan ayrilib qolish hech gap emas.

Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan javobgarlar «Z.START L.» MChJ, B.R va U.S.lardan undiruvchi TIF «Milliy banki» akademiya filiali foydasiga jami 7 mln. 422 ming so‘m kredit qarzdorlik undirish undiruvni U.S.ga tegishli dala hovliga  qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlarini olib borish maqsadida fuqaro U.S. ga tegishli Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi dalahovli (garovga qo‘yilgan) xatlanib, Qonunning 56-moddasiga asosan mol-mulkni elektron-onlayn auksionda sotishga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va buyurtma yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring