Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsionerlarni fosh etishda ko‘maklashgan 53 nafar shaxs mukofotlandi

Korrupsionerlarni fosh etishda ko‘maklashgan 53 nafar shaxs mukofotlandi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 9 oyida jami 53 nafar shaxs korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganligi yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashganligi sababli rag‘batlantirildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Rag‘batlantirilgan  shaxslar bergan xabarlar asosida 47 ta holatda pora olish va 6 ta holatda budjet mablag‘larining juda ko‘p miqdordagi qiymatda talon-toroj qilinishi jinoyatlari fosh etilib, aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlangan, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun: korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq rag‘batlantiriladi.

Qoidaga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar, ularning oila a’zolari va yaqin qarindoshlarini himoya qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring