Jinoyat kodeksi yangi moddalar bilan to‘ldirilmoqda
QHTBT portalida «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.
«Norma»ning yozishicha, qonun loyihasi Bosh prokuratura tomonidan tayyorlangan, u bilan Jinoyat kodeksining Umumiy qismini sakkizinchi bo‘lim «Mulkiy yo‘sindagi majburlov choralari» bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda. U maxsus musodara qilish tarzidagi mulkiy yo‘sindagi majburlov choralari sudning hukmi yoki ajrimiga asosan haq to‘lamaslik sharti bilan olib qo‘yish va davlat foydasiga o‘tkazish maqsadida quyidagi mol-mulklarga nisbatan qo‘llanilishi mumkinligini belgilaydi.
Bunday mol-mulklar jumlasiga:
- jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk, shuningdek ushbu mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf;
- jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qo‘shilgan pul mablag‘lar va boshqa mol-mulk;
- ekstremistik yoki terrorchilik faoliyatini, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni yoxud uyushgan jinoiy guruh yoki jinoiy uyushmani moliyalashtirish yoki boshqacha tarzda ta’minlash uchun mo‘ljallangan yoki foydalaniladigan pul mablag‘lar va boshqa mol-mulk;
- jinoyat sodir etish quroli, narsalar, uskunalar yoki boshqa vositalar kiritiladi.
Jinoyat sodir etish natijasida olingan va jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan boshqa shaxslarning egaligiga o‘tkazilgan mol-mulk ham musodara qilinadi.
Jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va mol-mulk to‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qo‘shilgan yoki boshqa shaxslar egaligiga o‘tkazilgan bo‘lsa, maxsus musodara qilish jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulk qismiga nisbatan qo‘llaniladi.
Sud maxsus musodara qilishni qo‘llash vaqtida musodara qilinadigan mol-mulkni aniq ko‘rsatishi lozim bo‘ladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter