Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantinda «snos epidemiyasi»? Bosh prokuratura Toshkent tumanidagi holatga oydinlik kiritdi

Karantinda «snos epidemiyasi»? Bosh prokuratura Toshkent tumanidagi holatga oydinlik kiritdi

Arxiv foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumanining ayrim joylarida sud qarorisiz va hech qanday tovon berilmasdan fuqarolar qurgan inshootlar buzilayotgani oid xabarlar tarqaldi.

Vaziyatga oydinlik kirtish uchun «Xabar.uz» Bosh prokuratura bilan bog‘landi. Mahkama matbuot xizmatiga ko‘ra, rostmana qurilgan inshootlar «snos»i bo‘yicha hatto gap bo‘lishi mumkinmas. Bu o‘rinda o‘zimboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarini qaytarish, maqsadli ajratilgan yerlar boshqa maqsadlarda foydalanishning oldini olish bo‘yicha belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi joyiga chiqqan holda, real holatlarni o‘rganib, shunga asosan kerakli choralar qo‘llanmoqda.

Ijtimoy tarqmolarda tarqalgan xabarlarga kelsak, Toshkent tumani hokimining 26.04.2018 yildagi 496-sonli qarori bilan «ECO SOLUTION» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun uzoq muddatli ijara asosida 6,32 gektar  yer maydoni ajratilgan.

Ushbu qaror qonuniyligi o‘rganilganda bir qator qo‘pol qonunbuzilishlar aniqlangan. Ya’ni, yer ajratish masalasi bo‘yicha maxsus komissiyaning tegishli xulosasi olinmagan, shuningdek, qaror viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanmagan. Bundan tashqari mazkur MChJ boshqa sub’yekt – «MALUS-GROUP» mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli yer maydonining 1 gektariga o‘zboshimchalik bilan bog‘ tashkil qilib, umumiy yer maydoniga «chegara tortib», devor bilan o‘rab olingan. E’tibor bering, bu joylar sug‘oriladigan yer maydonlari hisoblanadi. Qonunsiz ajratilgan yer maydonidagi bunday o‘zboshimchalikka qanday ko‘z yumish mumkin?! 

Shu bois hokimning «ECO SOLUTION» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga yer ajratish to‘g‘risidagi  qonunga zid qarori  prokuror protesti asosida bekor qilidi. Qaror bekor qilingan ekan, noqonuniy qurilmalar buzdirilib, yer maydoni zahiraga qaytarilishi o‘z-o‘zidan ma’lum. Va bunda tovon to‘lash masalasi ko‘rib chiqilmaydi.

«MALUS-GROUP» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ajratilgan yer maydoni xususida ham gap shu.  Mazkur jamiyatga tumani hokimining 07.09.2018 yildagi 1189-sonli qarori bilan Ko‘ksaroy qishlog‘idan zahiradagi 71 ball bonitetli 5,73 gektar yer maydoni kapital qurilish qilmaslik va yengil tipdagi issiqxona qurilishi sharti bilan (ijara asosida) ajratilgan. MChJ esa bugungi kunga qadar (oradan ikki yil o‘tgan) na loyiha hujjatlarini qilgan, na ekspertizadan o‘tkazib, tegishli ruxsatnoma olgan?! Issiqxona esa umuman qurilmagan, yer maydoni o‘zboshimchalik bilan devor bilan o‘rab olingan.

Sug‘oriladigan yer maydonlari bunday ahvolda turmasligi kerakligi ma’lum.

Tuman prokuraturasi tomonidan mazkur jamiyatga yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi hokim qarorini bekor qilish bo‘yicha protest keltirilgan.

Tuman va viloyat ishchi guruhi tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmaning bir qismi buzilganining sababi shunda.

Hozirgi kunda har ikki MChJ rahbarlari tomonidan ushbu noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring