Karantin paytida xo‘roz urishtirganlar jarimaga tortildi

Toshkentda karantin paytida xo‘roz urishtirgan erkaklar poytaxt huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlab jarimaga tortildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga asoslanib Azon.uz.
«28 mart kuni soat 16:00 atrofida Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning hovlisida bir guruh erkaklar xo‘rozlar jangini uyushtirishdi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari ma’muriy javobgarlik kodeksining 54-moddasi «Epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish» ga binoan ushbu qonunbuzarlik to‘g‘risida protokol tuzdilar. Karantinni buzganlarga ma’muriy choralar ko‘rildi — ular jarimaga tortildi.
Toshkent shahar IIB fuqarolarni karantin rejimi qoidalariga rioya qilishni talab qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter