Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin davrida poytaxtda jinoyatlar soni keskin kamaydi

Karantin davrida poytaxtda jinoyatlar soni keskin kamaydi

Koronavirusga qarshi kurash davrida har bir kishi uchun boshqalar bilan aloqani cheklash va ko‘chaga faqatgina zaruriyat yuzasidan chiqish muhimdir. Toshkentning har bir mahallasida huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili borligi, shuningdek o‘zini yakkalash tartibiga rioya qilayotgan hamyurtlarimizning mulohaza bilan ish tutishlari natijasida karantin joriy etilganidan buyon jinoyatlar soni sezilarli kamaydi.

Masalan, 2019 yil aprel oyida 522 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lsa, joriy yil aprel oyining 20 kuni davomida qayd etilgan jinoyatlar soni 196 tani tashkil etdi.

Og‘ir jinoyatlarning (o‘tgan yili aprel oyida 111 ta, joriy yil aprel oyining 20 kuni davomida 37 ta) ham, o‘ta og‘ir (2019 yil aprel oyida 30 ta, joriy yil aprel oyida 4 ta) jinoyatlarning ham soni kamaymoqda.

Ayniqsa firibgarlik (2019 yil aprel oyida – 93 ta, joriy yil aprel oyining 20 kunida – 44 ta), og‘ir tan shikastlari (2019 yil aprel – 6 ta, 2020 yil aprel oyining 20 kuni davomida – 4 ta) va yengil darajadagi tan shikastlar yetkazish (2019 yil aprel – 13 ta, 2020 yil aprel oyining 20 kuni davomida – 5 ta), narkotik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar (2019 yil aprel – 49 ta, 2020 yil aprel oyining 20 kuni davomida – 13 ta) kabi jinoyatlar soni sezilarli darajada kamaydi.

Inson o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari soni joriy yil aprel oyining 20 kuni davomida 3 tani tashkil etdi, o‘tgan yilning aprel oyida esa ushbu raqam 10 tani tashkil etgan.

Joriy oyda transport vositalari o‘g‘irligi umuman qayd etilmadi. O‘tgan yili aprel yoida esa 3 ta fakt qayd etilgan edi.

Joriy yil aprel oyining 20 kuni davomida birorta ham bosqinchilik faktlari sodir bo‘lmadi. O‘tgan yili aprel oyida esa 1 ta bosqinchilik sodir etilgan edi.

Talonchiliklar soni ham joriy oyda 3 tani tashkil etib, o‘tgan yili aprel oyiga nisbatan ikki baravar kamaygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring