Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamar taqmagan yo‘lovchi jarimani to‘lamaslikka haqli

Kamar taqmagan yo‘lovchi jarimani to‘lamaslikka haqli

Foto: Xabar.uz

Huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning eslatishicha, haydovchi yonidagi yo‘lovchi kamar taqmasa va YPX xodimi tomonidan jarimaga tortilsa, ayni paytda yo‘lovchi jarimani to‘lamaslikka to‘la haqlidir.

Esingizda bo‘lsa, Xabar.uz tahririyati ayni shu masalaga to‘xtalib, kamar taqmaganda kim jazolanishi — haydovchimi yoki yo‘lovchi, degan masalani ko‘tarib chiqqandi. Keyinroq yo‘lovchining o‘zi aybdor bo‘lishi haqida rasmiy izoh berilgan va jarima miqdori ham aytilgandi: bazaviy hisoblash miqdorining 1/2 qismi, ya’ni hozirgi kunda bu 135 ming so‘m.

«Hozirda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchi xavfsizlik kamari taqmagani uchun hech qanday javobgarlik yo‘q. MJtKning 125-moddasi 1-qismida faqat haydovchi uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Toki kodeksga o‘zgarish kirmaguniga qadar old o‘rinda o‘tirgan va xavfsizlik kamari taqmagan yo‘lovchilarga jarima qo‘llash noqonuniy hisoblanadi», degan bloger.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring