«Jomadonga joylangan murda»ning qotiliga sud hukmi o‘qildi
![«Jomadonga joylangan murda»ning qotiliga sud hukmi o‘qildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3931760620.jpg)
Joriy yilning avgust oyida Qibray tumanida sayohat jomadonidan murda chiqqandi. Marhum Oliy sudning sobiq xodimi Sh.A. ekani ma’lum bo‘lgandi.
Holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi («qasddan odam o‘ldirish», 97-modda) bo‘yicha ikki nafar shaxs qo‘lga olinib, asosiy gumondor Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining travmatologiya bo‘limi boshlig‘i R.X. ekanligi aniqlangandi.
Kecha, 11-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Alisher Jalilov raisligida o‘tgan sud majlisida o‘qilgan hukmga ko‘ra, qotillikda aybdor deb topilgan R.X. 19 yilga, uning jinoiy sherigi A.M. 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter