Jizzaxlik fuqaro xotinini rashk qilib, qotillikka qo‘l urdi
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019-yil 4-aprel kuni soat 13:30larda Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani, «Eski Toshkentlik» mahallasida yashovchi T.M. fuqaro Sh.A.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, uning Jizzax shahrida joylashgan ish joyiga borib, undan o‘z xotinini rashk qilib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng bo‘yin va ko‘krak sohasiga urib, voqea joyidan yashiringan.
Sh.A. olgan tan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etgan.
Shu kunning o‘zida Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida T.M. ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter