Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda yosh ona mudhish jinoyatga qo‘l urdi

Jizzaxda yosh ona mudhish jinoyatga qo‘l urdi

Foto: Xabar.uz

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yosh ona ikki yoshga ham to‘lmagan farzandini o‘ldirib, so‘ngra o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mudhish hodisa joriy yilning 6 may kuni soat 12:40 larda «Ravalliq» mahallasi Hasankal qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Mazkur qishloqda yashagan 1998 yilda tug‘ilgan kelin Sh.X. o‘zi yashagan uyi hovlisida joylashgan hojatxona to‘siniga o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Holat mas’ullar tomonidan o‘rganilganda kelin avval farzandi A.O.ni o‘ldirib, so‘ng o‘zini osgani aniqlangan. 2022 yilda tug‘ilgan go‘dak A.O.ning qorin sohasiga 2 marta oshxona pichog‘i bilan sanchilgan holatda jasadi topilgan.

O‘rganish davomida Sh.X. shu manzilda yashovchi turmush o‘rtog‘i Sh.N.ga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z joniga qasd qilayotganligini ma’lum qilgan. Sh.N. shu mahallada yashovchi amakisiga qo‘ng‘iroq qilgan. Amakisi Sh.N.ning yashash uyiga borgan vaqtida esa ayanchli voqea sodir bo‘lib bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi o‘rganish ishlarini davom ettirayotgani aytilgan.

Ayol nima sababdan bu jinoyatlarga qo‘l urgani oshkor qilinmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring