Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda qabr toshlarini o‘g‘irlab sotgan shaxsga hukm o‘qildi

Jizzaxda qabr toshlarini o‘g‘irlab sotgan shaxsga hukm o‘qildi

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Xavastlik mahallasida joylashgan «G‘oyib ota» qabristonida qabr toshlarini o‘g‘irlab sotgan shaxsga nisbatan hukm o‘qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining raisi G‘iyosiddin Yalgashevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, sudlanuvchi Fayzullayev Amir Anatolevich 2018-yil 1-aprel kuni soat 19larda Sharof Rashidov tumani, Xavastlik mahallasi, S.Ayniy ko‘chasida joylashgan «G‘oyib ota» qabristoniga kirib, qabristonga dafn qilingan marhum Mannonov Po‘lat Mannonovich qabriga yodgorlik sifatida o‘rnatilgan 1 dona qora marmardan yasalgan 800.000 so‘mlik qabr toshi va marhuma Xidirova Qurvonoy Bo‘riboy qizining qabriga yodgorlik sifatida o‘rnatilgan 1 dona qora marmardan yasalgan 1.250.000 so‘mlik qabr toshini o‘g‘irlaydi.

U ushbu toshlarni Samarqand shahridagi «Yodgorlik» qabr tosh ustaxonasiga olib borib, usta O.Mustafoyevga qabr toshlaridagi yozuvlarini o‘chirtirib, mazkur toshlarni F.Rahmonovga 570.000 so‘mga sotib yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining 2018-yil 12-oktyabr kungi hukmiga ko‘ra, Fayzullayev Amir Anatolevich O‘zbekiston Respublikasi JK 134-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga shu modda bilan 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring