Jizzaxda nogiron mahalladoshini shafqatsizlarcha o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi (video)

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani, Sarbozor qishlog‘ida yashovchi 37 yoshli fuqaro o‘z mahalladoshini pichoqlab o‘ldirganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.
Videolavhada aytilishicha, ayblanuvchi 2-guruh nogironi bo‘lgan mahalladoshining uyiga kirib, uning bo‘yin, qorin va ko‘krak sohalariga oshxona pichog‘i bilan zarba bergan. Natijada 32 yoshli jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirda mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter