Jinoiy ishlar, kontrafakt mahsulot musodarasi va yo‘q qilinishi – O‘zbekistonda kontrabandaga qarshi kurash jiddiy tus olmoqda
2022 yil 30 sentyabrda Toshkentda umumiy qiymati 175 mln so‘m bo‘lgan 25 000 blok noqonuniy tamaki mahsulotining namoyishkorona yo‘q qilinishi amalga oshirildi. Bojxona xizmati vakillari huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda maxsus pechlarda kontrabanda mahsulotini yoqib yubordilar.
Noqonuniy tamaki mahsulotlarining barchasi O‘zbekistonga xorijdan noqonuniy olib kirilgan va aksiz markalari hamda raqamli markirovkalash kodlariga ega bo‘lmagan.
Qayd etish o‘rinliki, joriy yilning 9 oyi davomida bojxona xizmati xodimlari umumiy summasi 17,8 mlrd so‘m bo‘lgan 1 million 458 ming 736 blok tamaki mahsulotlarini olib qo‘ydilar. Huquqni muhofaza qilish organlari esa, aybdor shaxslarga nisbatan 60 ta jinoiy va 175 ta ma’muriy ish ochdilar.
Kontrabanda mahsulotining oshkora yo‘q qilinishi vijdonsiz tadbirkorlarning hovurini pasaytirishga yordam beradi lekin, sezilarli natijalarga erishish uchun, bunday aksiyalar muntazam o‘tkazilishi lozim.
E’tiborlisi – tadqiqotlarga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etgan har 3 nafar iste’molchining 2 nafari noqonuniy sigaretlarni bozorlarda yoki ko‘cha sotuvchilardan xarid qilishi aniqlangan. Bozorlar va ko‘cha sotuvchilari – noqonuniy sigaret sotuvining asosiy manbalaridir. Agar davlat mana shu realizatsiya kanallari masalasini hal qilsa, noqonuniy savdo darajasini sezilarli qisqargan bo‘lardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter