Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Interpol qo‘lga olgan shaxs Toshkentga olib kelindi

Interpol qo‘lga olgan shaxs Toshkentga olib kelindi

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari boshchiligida diniy-ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun qidirilayotgan jinoyatchi Kishinyov shahridan Toshkentga yetkazildi. 

«Hibsga olingan shaxs O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirinib, xalqaro ekstremistik tashkilotga qo‘shilgan va u yerda terrorchilik harakatlarini sodir etish va tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etib, tashkilot yetakchilaridan biriga aylangan edi. Jinoyatchini qo‘lga olish Toshkent va Kishinyov Interpol Milliy Markaziy byurolarining birgalikdagi harakatlari va tezkor-axborot almashinuvi tufayli amalga oshirildi.

Moldovaning vakolatli organlari tomonidan ekstraditsiya masalasi ijobiy hal etilganidan so‘ng, qidirilayotgan shaxs sud oldida javob berish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirildi», deyiladi Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring