Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internetda ayolning fotolarini tarqatish bilan tahdid qilgan erkak ushlandi

Internetda ayolning fotolarini tarqatish bilan tahdid qilgan erkak ushlandi

Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati

Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi ayolning shaxsiy suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan erkak daliliy ashyolar bilan ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayol Telegram orqali G‘iyos ismli shaxs bilan tanishgan. Oradan biroz vaqt o‘tib ushbu shaxs ayolning unga yuborgan surat va videolarni internet tarmoqlarida tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan surat va videolarni tarqatmaslik evaziga 5 million so‘m talab qilib kelgan.

Ushbu holat yuzasidan viloyat IIBB Jinoyat qidiruv bo‘limi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1995 yilda tug‘ilgan G‘.X. (Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi) ayoldan kelishilgan pulning 200 AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ushlangan shaxsning qo‘l telefoni o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganda, u yuqoridagi holat kabi, yana o‘nga yaqin ayollar surat va videolari borligi va bu kabi ish bilan muntazam shug‘ullanib kelganligi gumonlangan. Hozirda holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring