Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Instabloger «Asad Algo»ning o‘limi sababi ma’lum qilindi

Instabloger «Asad Algo»ning o‘limi sababi ma’lum qilindi

Avvalroq instabloger «Asad Algo» vafot etgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar IIBB tafsilotlarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 19 iyul kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga 2002 yilda tug‘ilgan Arzikulov Asadbek (ijtimoiy tarmoqlarda «Asad Algo» taxallusi bilan tanilgan) «Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, bosh subdural gematomasi, bo‘yin sohasi qontalashi, ikkala tizzasi va ikkala tirsagida ko‘kargan jarohatlari» bilan murojaat qilgan. Shifokorlar tomonidan bu holat haqida zudlik bilan IIOga xabar berilgan.

O‘rganishlar jarayonida aniqlanishicha, joriy yilning 16 iyul kuni taxminan soat 18.30larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bog‘lardan birida 1997 yilda tug‘ilgan Abdulaziz I. tanishi Asadbek A. bilan o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan, natijada Asadbek A. tan jarohati olgan. So‘ng ular o‘zaro kelishib olganligi sababli tarqalishgan. Mazkur holat yuzasidan Asadbek A. IIOga, shuningdek tibbiyot muassasasiga murojaat qilmagan.

19 iyul kuni Asadbek A.ning tobi qochganligi sababli shifoxonaga olib borilgan va uning bosh qismida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan Asadbek A. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi («Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring