Innovatsion chegara buzilishi DXX tomonidan to‘xtatib qolindi
O‘zbekiston Respublikasi DXX chegara qo‘shinlari xabar berishicha, 14 sentyabr kuni tunda Toshkent viloyati Toshkent tumani Oqtosh qo‘rg‘oni hududida noqonuniy o‘tkazilgan 600 plastinka (har bir plastinkada 10 ta tabletkadan) «Tramadol» psixotrop dori vositalari to‘xtatib qolindi.
Ushbu psixotrop moddalar «Fantom-4» rusumidagi «dron»dan foydalanilgan holda o‘tkazilgan. Hozirda psixotrop moddalarning to‘xtatilish holati bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter