Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikrom Muslimov boshchiligidagi Oliy sud sudyalari Samarqandda sayyor qabul o‘tkazmoqda. Xo‘sh?

Ikrom Muslimov boshchiligidagi Oliy sud sudyalari Samarqandda sayyor qabul o‘tkazmoqda. Xo‘sh?

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov boshchiligida Oliy sud sudyalari Samarqandda sayyor qabullar o‘tkazmoqda. Kuni kecha  viloyatining Tayloq tumanida o‘tkazilgan  shunday tadbirda 22 nafar shaxs muddatidan avval jazodan ozod qilindi. Bu haqda oliy mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda. Aytilishcha, sayyor qabulda  jami 115 ta fuqarolar qabul qilingan. Ularning 40 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 75 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, tadbir jarayonida 17 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar sayyor sud majlisida ko‘rilib, ularning barchasi (ma’muriy javobgarlikdan) ozod qilingani ham alohida qayd etiladi Oliy sud matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 11-noyabr kuni viloyatning Payariq tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 17 nafar shaxs muddatidan avval jazodan ozod qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring