Ikki yildan beri qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkentda qo‘lga tushdi
Joriy yilning 12-mart kuni «Dubay-Toshkent» yo‘nalishi orqali I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasining Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va Buxoro viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir olib borildi.
Xabar qilinishicha, tezkor tadbir natijasida 1994-yilda tug‘ilgan, Qorako‘l tumani, Bandboshi qishlog‘ida ro‘yxatda turgan, Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (odam savdosi) va 223-moddasi 2-qismida (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, 2018-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Z.Boboqulova qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter