Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki xonanda sudlashmaydigan bo‘ldi

Ikki xonanda sudlashmaydigan bo‘ldi

Xonandalar Doston Ergashov va O‘ktam Aliyevning mojarolari san’at olamida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Uzoq muddatli kelishmovchiliklardan so‘ng ushbu san’at vakillari o‘zaro kelishuvga erishdilar.

Mualliflik huquqlari buzilishi holati bo‘yicha Agentlikka chaqirilgan xonandalarga mualliflik huquqi ob’yektlari moddiy mulk kabi qadrli va undan ko‘ra qiymatliroq ekanligi, muallifning asarlari xususiy mulk singari daxlsiz hisoblanishi hamda mualliflik huquqlarining buzilishi qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shunga muvofiq tomonlar ushbu nizoni o‘zaro kelishish orqali hal qilishga qaror qilishdi. Agentlik ushbu jarayonda mediator vazifasini bajardi va buning natijasida yana bir mualliflik sohasidagi nizo bartaraf etilishiga erishildi.

Kelishuvga muvofiq «O‘ylamadim» qo‘shig‘ining muallifi O‘ktam Aliyev xonanda Doston Ergashovga nisbatan 500 million so‘m miqdoridagi yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish yuzasidan tegishli sudga kiritgan arizasini qaytarib oldi. Bunga javoban Doston Ergashov muallifdan uzr so‘rab, hamkorlikda qo‘shiq kuylash taklifini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring