IIV 8 yoshli bola ikki million so‘mga sotilishining oldi olinganini xabar qildi
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, Angor tumanida 8 yoshli bola o‘z onasi tomonidan 2 million so‘mga sotilayotgani aniqlangan.
«Angor tumanida 2020 yilning 5 fevral kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departament viloyat boshqarmasi, Angor tuman bo‘limi, Angor tuman Ichki ishlar bo‘limi, Angor tuman Davlat xavfsizlik xizmati va Angor tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida, olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, tezkor tadbir o‘tkazildi.
Mazkur o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Termiz shaharida yashovchi U.M. ismli ayolning qaramog‘idagi voyaga yetmagan o‘g‘li, 2012 yilda tug‘ilgan M.M.ni fuqaro O.B. ismli ayolga Angor tumanidagi oshxonalarning birida 2.000.000 (ikki million) so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan, 13 fevral kuni U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter