IIBB yana olti kishini qo‘lga oldi
Toshkent shahar IIBB tomonidan «Dolzarb qirq kunlik» doirasida o‘tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana bir nechta shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.
Shular jumlasidan:
- 1991 y.t. Abdullayev Axror Ravshan o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini o‘tkazish);
- 1984 y.t. Maxmudxodjayev Saidaxmadxon Saidalimovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 276-moddasi 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);
- 1993 y.t. Xolmurodov Sunnatilla Choriyevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi, og‘ir tan jarohati yetkazish).
Ushbu shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shuningdek:
- 1982 y.t. Xodjayev Abbosxon Axmadovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
- 1987 y.t. Muxamedjanov Azlarxon Botirovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
- 1984 y.t. Rustamov Umid Kamanjanovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini o‘tkazish)lar jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.
«Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxsdan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter