IIB xodimiga jinoyat ishi ochildi
Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimining yotoq o‘rniga fuqaroni bog‘lab qo‘ygani va unga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, og‘zini ham bog‘lagani aks etgan videolavha tarqalgandi.
Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, Muzrabot tumani IIB xodimi tibbiy davolash muassasasida bemorga jismoniy kuch ishlatgani bilan bog‘liq tarqalgan videolavha yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakunlandi.
Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, 2023 yil 19 may kuni JKning 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish)1-qismi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Muzrabot tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter