Ichki ishlar organlari xodimlari necha yoshda pensiyaga chiqadi?

Ichki ishlar organlarida xizmatida bo‘lishning chegara yoshi haqida «Huquqiy targ‘ibot» kanalida ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, xizmatda bo‘lishning chegara yoshi safdor va serjantlar tarkibi xodimlari, shuningdek ayollar uchun (mavjud maxsus unvonidan qat’i nazar) — ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun oltmish yosh.
Pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi, ulardan imtiyozli hisoblanadigan davri xodimlarga pensiya miqdori hisoblanayotgan vaqtdagina inobatga olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter