Hokimlikdan kompensatsiya undiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devoniga Yangiyo‘l shahridagi YaTT «Mulladjanov Abdusattor Ne’matjonovich» va YaTT «Rustamov Sherzod Nabijonovich»lar Davlat ehtiyoji uchun olib qo‘yilgan noturar ob’yektlari uchun kompensatsiyani undirolmay sarson bo‘layotganini bildirib shikoyat yo‘llagan.
Aniqlanishicha, fuqarolarning Yangio‘l shahar Dehqon bozori hududidagi noturar-joy ob’yekti shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan bo‘lishiga qaramay, kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilmagan. O‘rganish davomida Vakil Devoni tomonidan tadbirkorlar manfaatida Yangiyo‘l shahar Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo ariza kiritildi.
Fuqarolik sudi tomonlarning da’vo va e’tirozlari, holat yuzasidan mutaxassislarning fikrini o‘rgangan holda javobgar Yangiyo‘l shahar hokimligidan tadbirkorlar foydasiga jami 880,7 mln.so‘m kompensatsiya to‘lovini undirish to‘g‘risidagi da’vo qanoatlantirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter