Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayotimizda odatiy holga aylangan tahqirlash sahnasini ko‘rishdan charchadim — Propiska tizimi haqida

Hayotimizda odatiy holga aylangan tahqirlash sahnasini ko‘rishdan charchadim — Propiska tizimi haqida

Foto: akipress.org

Bugun men shahar markazida militsiya xodimlari to‘da bo‘lib yetti ozg‘in erkaklarni quvib chiqarganiga guvoh bo‘ldim. Ko‘rinishidan, viloyatlik quruvchilar. Qotmadan kelgan, yomon kiyingan, qo‘llarida lash-lushlari solingan eski paketlarni tortqilab ketishardi. Qo‘rqqan nigohlar ostidan qarab, boshini ayb bilan yelkalariga qisib, hatto qarshilik ko‘rsata olmasdilar. Propiska masalasi. Ularni tonirovkalangan mashinaga solib, qayergadur olib ketishdi.

Men hayotimizdagi odatiy holga aylangan ushbu tahqirlash sahnasini ko‘rishdan charchaganimni tushundim.

Bizda qullik propiska tizimi mavjud ekan, har doim tabaqalanish va cheksiz pora olish imkoniyatlari qolaveradi. Propiska tizimi 29 yil davomida viloyatlardan kelgan vatandoshlarimizning suyaklarini sindirib borayotgan qanaqadir biznes mashinaga o‘xshaydi.

Men, ayol va ilg‘or fuqaro sifatida, propiska tizimiga qarshiman. Uni bir marta va butunlay eng yuqori minbarlardan bekor qilish kerak. Normativ hujjatlar loyihalarini Ichki ishlar vazirligi emas, balki prezident administratsiyasi yozishi kerak.

Keyingi qadam bekor qilingan davlat buyurtmasidan paxta va bug‘doy uchun ajratilgan yerlarni viloyatlar aholisiga taqsimlanishi bo‘lishi kerak. Egalik huquqi bilan, albatta. Yersiz dehqonlar davrini tugatish vaqti keldi. Yerni sevadigan va unga g‘amxo‘rlik qilishga tayyor bo‘lganlarga uchastkalarni bering. Shunday qilib, Rossiyada kezib yurgan o‘g‘illar, otalar va erlar bo‘sh qishloqlarga qaytariladi. U olis qishloqlarda uzoq vaqtdan beri tobut ko‘taradigan hech kim qolmadi-ku axir.

Siyosiy texnologlarni chaqiring, propiskani bekor qilish va «Milliy g‘urur» shiori ostida yer huquqini taqsimlash bo‘yicha milliy dasturni ishga tushiring. Mana shu oddiy o‘zbekning orzusi. GM mashinasi emas, tonirovka yoki palov ham emas. Aynan Konstitutsiyani buzadigan tahqirlovchi qoidalarning bekor qilinishi.

Sizlardan juda iltimos qilaman. Nuqtani qo‘ying. Biz mamlakat rahbariyatining ezgu niyatlariga ishonamiz. Biz tegishli choralarni kutmoqdamiz.

Aziza Umarova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring