Har bir fuqaroga Konstitutsiyaviy sudga shikoyat qilish huquqi beriladi
Konstitutsiyaviy komissiya yig‘ilishida har bir fuqaro konstitutsiviy sudga shikoyat qilishi mumkin, degan qo‘shimcha bilan to‘ldirilishi taklif qilingan.
Taklif etilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud fuqarolar va yuridik shaxslar muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqadi.
«Hozir Konstitutsiviy sudga faqat qonun tashabbuslarini olg‘a suruvchilar, masalan, deputatlar murojaat qilishi mumkin xolos. Hatto senatorlarda ham bunday vakolat yo‘q. Endi esa taklifga ko‘ra, har bir fuqaro shu sudga shikoyat qilishi mumkin bo‘ladi. Senator ham senator emas, oddiy fuqaro sifatida shikoyat qilishga haqli bo‘ladi», degan komissiya raisi Akmal Saidov.
Bugungi kunda sud hukmidan norozi bo‘lgan ko‘plab fuqarolar adolat izlab Konstitutsiyaviy sudga murojaat qila olmaydi, ya’ni bunga haqqi yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter