Sayoq yurgan tayoq yeydi — Haqoratning javobi musht bo‘ldi
6 mart kuni soat 00:40 da Navoiy shahar «Yoshlik» ko‘chasida mast holatda bo‘lgan 46 yoshli U.O‘. 29 yoshli A.X.ni haqorat qildi. Natijada A.X. U.O‘.ning yuz qismiga musht bilan bir marotaba urgan. U.O‘. boshi bilan yerga yiqilib, bosh sohasidan jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar 1-sonli IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan (og‘ir tan jarohatlari yetkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.X. gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter