Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimovaga oid navbatdagi «delo» sudga yuborildi. U yana bir uyushgan jinoiy guruhga ega bo‘lganligi aniqlangandi

Gulnora Karimovaga oid navbatdagi «delo» sudga yuborildi. U yana bir uyushgan jinoiy guruhga ega bo‘lganligi aniqlangandi

O‘tgan yilning dekabr oyi boshlarida Gulnora Karimova va boshqalarga nisbatan yangi ayblovlar e’lon qilingani xabar qilingandi.

Unga ko‘ra, G.Karimova respublika sanoat korxonalarida faoliyat yuritgan va juda ko‘p miqdordagi jinoiy daromadlardan ulush berib kelgan yana bir uyushgan jinoiy guruhga ega bo‘lganligi aniqlangandi. Bundan tashqari u fuqarolar va turli kompaniyalar egalariga bosim o‘tkazish va qo‘rqitish yo‘li bilan ularning mulklarini o‘ziga tegishli  kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilib kelgani ta’kidlanadi.

Shundan kelib chiqib, G.Karimovaga Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan tovlamachilik, talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish va jinoiy uyushmani tashkil etish bilan bog‘liq jinoyatlarini sodir etganligi bo‘yicha yangi ayblov e’lon qilingandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi ochilgan jinoyat ishi doirasida yetkazilgan zararning miqdori 165 mln. AQSh dollari va 85 mlrd. so‘mdan ko‘proqni tashkil qilgani alohida qayd etiladi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, G.Karimova va boshqalarga nisbatan e’lon qilingan yangi ayblovlar bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi. Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun ayblov xulosa bilan sudga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudining ajrimi bilan G.Karimovaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring