Ipoteka bo‘yicha boshlang‘ich badal va foizlarning bir qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi
«Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» Hukumat qarori (182-son, 25.03.2020 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq:
- uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismi Respublika Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
- uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza beriladi, ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholanadi;
- tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyati tashkil etiladi va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalari ko‘rib chiqiladi;
- sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi belgilandi.
Qarorga ko‘ra:
- Davlat xizmatlari agentligi hududiy bo‘linmalari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
- tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan ma’lumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter