Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 70 ta noëb asar o‘g‘irlandi. IIBga berilgan asarlar ham yo‘qolgan

Farg‘onada 70 ta noëb asar o‘g‘irlandi. IIBga berilgan asarlar ham yo‘qolgan

Farg‘onadagi muzeyda 70 ta noëb asar o‘g‘irlanib, o‘rniga qalbakisi almashtirib qo‘yilgani aniqlandi.

Bu jinoyat Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Bosh prokuratura hamda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida olib borilgan o‘rganish ishlari vaqtida ochilgan.

O‘rganishda muzeyda saqlanayotgan umumiy bahosi 2,5 mlrd. so‘mlik 70 ta noyob eksponatlar (ulardan 56 tasi rangtasvir asarlari) qalbakilashtirilgani, muzeyni kapital ta’mirlash uchun budjetdan ajratilgan 3,1 mlrd. so‘m mablag‘ning 1,4 mlrd. so‘mi mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlandi. Shuningdek, muzeyda saqlanishi lozim bo‘lgan 1 dona rangtasvir va 1 dona grafika asari topilmagan.

E’tiborli tomoni, 2011 yilda muzey tomonidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga jami 21 nomdagi ashyolar berilgan. Ulardan 14 nomdagi ashyolar 2016-2020 yillar davomida muzeyga qaytarilgan, ammo qolgan 7 dona rangtasvir asari qaytarilmagan. Hozirgi kunda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ushbu 7 dona rangtasvir asarlari mavjud emasligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring