Farg‘ona vodiysida navbatdagi kontrabandachilar qo‘lga olindi
Huquq-tartibot idoralari viloyat Bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda umumiy qiymati 200 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 20 ming 697 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘ydi.
Tadbirda «Tiko» rusumli avtotransport vositasida qiymati 45 mln. so‘mlik ikki turdagi 4 500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Avtomobil egasining xonadoni ham ko‘zdan kechirildi. Natijada, tezkor xodimlar tomonidan qiymati 11 million 800 ming so‘mlik aksiz markasi va markirovkasi bo‘lmagan 11 277 quti tamaki mahsulotlari topildi.
Yana bir holat Farg‘ona tumanida ro‘y berdi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan avtotransport vositasi qo‘lga olinib, ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida avtomobilda qiymati 49 million 200 ming so‘mlik jami 4 920 quti kontrafakt tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Afsuski, ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlarga qaramay viloyatda noqonuniy tamaki mahsulotlari soni ortib bormoqda. Noqonuniy tamaki mahsulotlari bozorini o‘rganish natijalari Farg‘ona vodiysida nazorat sustligini ko‘rsatmoqda – ko‘rilgan barcha chora-tadbirlarga qaramay, mazkur mintaqada 20,4 foizga o‘sish kuzatilgan. Muammoni hal qilish uchun avvalo reydlarni ko‘paytirish va kontrafakt mahsulotlarni jamoatchilik guvohligida yo‘q qilishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter