Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona aeroportidagi bojxona posti boshlig‘i ushlandi

Farg‘ona aeroportidagi bojxona posti boshlig‘i ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

«Farg‘ona xalqaro aeroporti» chegara-bojxona posti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.S. o‘zining bo‘ysunuvida bo‘lgan xodim X.J. va mahalliy fuqarolar bilan kelishgan holda, moddiy manfaatdorlik evaziga, xorijdan kelayotgan yo‘lovchilar nomiga rasmiylashtirilib, olib kelingan juda ko‘p miqdordagi tovar qimmatliklarni belgilangan tartibga zid ravishda bojxona nazoratidan o‘tkazish bilan shug‘ullangan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Domodedovo – Farg‘ona» yo‘nalishida Moskva shahridan uchib kelgan 4 nafar yo‘lovchi nomiga rasmiylashtirilib, olib kelingan, umumiy qiymati 276,6 mln. so‘mlik tovar qimmatliklarni qabul qilib olgan vaqtida fuqarolar - 1991 y.t. A.N. va 1995 y.t. N.A.lar qo‘lga olindi. Shuningdek, mazkur tovarlar Farg‘ona shahrida yashovchi, 1988 y.t. tadbirkor R.B.ga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lib, u ham ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, «Farg‘ona xalqaro aeroporti» chegara-bojxona posti xodimi X.J. o‘zining boshlig‘i A.S.ning ko‘rsatmasiga asosan ushbu tovar qimmatliklarni belgilangan tartibga zid ravishda bojxona nazoratidan o‘tkazib yuborgan.

Hozirda holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan A.S. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring