Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

YXHT O‘zbekistonni namuna qilib ko‘rsatdi

YXHT O‘zbekistonni namuna qilib ko‘rsatdi

Foto: «Sputnik»

YXHT tuhmat va haqorat uchun jinoiy javobgarlik masalasida mintaqadagi barcha davlatlarni O‘zbekiston izidan borishga chaqirdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakilligi ofisining rasmiy saytida joriy yilning 5-6 mart kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan II Markaziy Osiyo sudyalar muloqoti natijalari bo‘yicha press-reliz e’lon qilindi.

Ushbu chiqishda YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Xususan, A.Dezir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni bekor qilish bo‘yicha yangi qonunni qabul qilishini, shuningdek blogerlarga jurnalistlarga beriladigan huquqlar berilishini olqishlagan. U ushbu masalada mintaqadagi boshqa davlatlarni ham O‘zbekistondan namuna olishga chaqirgan.

Qolaversa, YXHTning maxsus vakili A.Dezir Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashiga Samarqandda Markaziy Osiyo sudyalarining muloqotiga keng maydon yaratib bergani uchun minnatdorlik bildirgan.

P.S.: YXHTning ushbu bayonoti O‘zbekistonning so‘z erkinligi borasidagi faoliyatiga yuksak baho hisoblanadi, boshqa davlatlarni ham o‘rnak olishga chaqirish holati kamdan-kam bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring