Elektr o‘g‘risi ushlandi
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi fuqaro O.Q. va Sho‘rchi tumani elektr ta’minoti korxonasi mas’ul xodimlari o‘zaro jinoiy til biriktirib, «Bobur» mahallasidagi savdo markaziga loyiha-texnik hujjatlarsiz noqonuniy o‘rnatilgan transformatordagi elektron hisobga olish uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 348,8 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.Q. protsessual tartibda ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter