DXX qo‘lbola pul yasagan shaxsni qo‘lga oldi
250 mln so‘mdan ortiq qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.
DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida tezkor tadbir amalga oshirildi.
Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi A.R. noqonuniy tarzda qo‘lbola usulda tayyorlangan 250 mln 800 ming so‘m miqdoridagi 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter