Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Namanganda bir necha kishini qo‘lga oldi

DXX Namanganda bir necha kishini qo‘lga oldi

Illyustrativ foto

DXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, kosibchilik bilan shug‘ullanuvchi, 1965-y.t. fuqaro «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi profili orqali diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lmish «Abu Saloh», «Sodiq Samarqandiy» va boshqalarning «hijrat», «jihod»ga chorlovchi audio-video materiallarini joylashtirib, targ‘ibot ishlarini olib borgan.

Shuningdek, Suriyadagi jangarilar bilan virtual aloqa bog‘lab, Rossiya Federatsiyasidagi tanishlari orqali ularga bir necha marotaba pul mablag‘lari  jo‘natgan.

Mazkur fuqaro o‘g‘lini, jiyani, sinfdoshi va tanishlarini – jami 6 kishini o‘z virtual guruhiga qo‘shgan.

Guruh a’zolarining yashash manzillaridan 7 ta mobil telefon apparati, 80 ta DVD va CD disklar, 2 ta mikro chip, 2 ta flesh-karta, 1 dona kitob va 1 dona daftar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring